Korxoha haqida

“Andijon tajriba-sinov zavodi” AJ “O`zbekneftgaz” MXK ning “O`zneftgazmash” AK tuzilmaviy qismi hisoblanadi.

“Andijon TSZ” 1993 yilda “O`zbekneftgaz” MXK ning shu yil 22 yanvaridagi 1-sonli buyrug`iga binoan, uchta korxona birlashuvi natijasida tashkil etilgan. Bular, “Andijon tajriba-sinov zavodi”, “Andijon maxsus loyiha-konstruktorlik byurosi” va “Andijon montaj-sozlash boshqarmasi”. “Andijon TSZ” O`zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo`mitasining 1993 yil yanvar oyidagi № 1103-К-PО buyrug`iga binoan “Andijon TSZ” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga o`zgartirilgan.

“Andijon tajriba sinov zavodi” AJ “O'zbekneftgaz” MXK ga qarashli neft ishlab chiqarish bilan bog'liq korxonalaga asbob-uskunalar va ular extiyot qismlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi, KIP burg'i uskunalari ta'mirlashini bajaradi, transport xizmatlari ko'rsatadi va xalq ehtiyojiga zarur maxsulotlar yetkazib beradi.

Ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun ishlab chiqarishni xom ashyo va material bilan ta'minlash katta axamiyatga ega.

Hozirgi vaqtda “Andijon TSZ” AJ da 150 turdan ziyod import o'rnini bosuvchi extiyot qismlar va uskunalar ishlab chiqariladi.

Korxona faoliyatini “O'zbekiston Respublikasi korxonalari haqida”gi O'zbekiston Respublika Qonuniga asosan amalga oshiradi.

Korxonaning asosiy vazifasi neft ishlash va burg'i uskunalari uchun neftgaz qayta ishlash zavodlariga extiyot qismlar va asbob-uskunalar ishlab chiqarish, KIP va A vositalariga ta'mirlash va servis xizmat ko'rsatish. Faqatgina “Andijon TSZ” OAJ da neft va gaz quduqlarini burg'ilash, kapital va joriy ta'mirlashda qo'llaniluvchi GIV-6 moslamasini ta'mirlash va tekshirish ishlari uchun zaruriy qurilmalar mavjud.

 

 

 

Yangiliklarga obuna

Siz yangiliklari JSC «UZNEFTEGAZMASH» obuna mumkin

So'rov

Bizning sayt sizga ma'qulmi?

ha - 0%
yo'q - 0%

Total votes: 0